1445 йил 11 зулқаъда | 2024 йил 19 май, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Xandaqning hikoyasi

14:58 / 24.10.2023 788 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Assalom alaykum, men ham Allohning haq Paygʻambari Muhammad alayhissalom haqlarida sizlarga hikoya qilib bermoqchiman. Avvalo oʻzimni tanishtiray, men Xandaqman. Ba’zilar meni bilmasligi mumkin. Biz xandaqlar qadimda juda mashhur boʻlganmiz. Katta-katta shaharlar va qal’alar atrofini dushmanlardan ihota qilganmiz. Odamlar bizni chuqur qilib kavlashardi-da, ichimizga suv toʻlatib qoʻyishardi. Xandaq bilan oʻralgan shaharlarni dushman zabt etishi qiyin kechardi. Lekin Arabiston tomonlarda shaharlarni xandaqlar bilan muhofaza qilish urf boʻlmagan edi. Yerlari tosh-metin, keyin xandaqni toʻlatishga oqar suvlar ham yoʻq edi.


U paytlarda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinada yashar edilar. Bir kuni u kishi Abu Sufyon boshliq kofirlar Madinaga yurish boshlamoqchiligi haqida xunuk xabar eshitdilar. Tezda lashkarboshilarini maslahatga toʻpladilar. Madina shahri muhofaza devorlari bilan oʻralmagan edi. Shaharning uch tomonida zich qurilgan uylar va xurmozorlar boʻlib, dushman bu tomondan hujum qila olmas edi. Faqat shimol tarafi ochiq, yalanglik edi. Xavf ana shu tarafdan boʻlishi mumkin edi. Maslahatga toʻplanganlar orasida Salmon Forsiy degan sahoba bor edi. U kishi eronlik boʻlib, Eronda shaharlar xandaqlar bilan oʻralishini, undan otlar, tuyalar, jangchi fillar, hatto piyodalar ham oʻta olmasligini aytib qoldi. Bu gap Paygʻambarimizga ma’qul tushdi. Chunki dushman askarlari ot va tuyalarga mingan edilar-da.


Shunday qilib, zudlik bilan xandaqni, ya’ni meni qazish ishlari boshlanib ketdi. Yer zarang edi, choʻkich, ketmon, kuraklar yetishmas edi. Axir odamlar bunaqa ishlarni qilib oʻrganmagan edilar-da. Buning ustiga dushman tobora yaqinlashib kelardi.


Xandaq qazishda Paygʻambarimiz alayhissalomning oʻzlari ham tinim bilmay ishladilar. Muborak qoʻllariga choʻkich tutib, gursillatib zaminga ursalar, tuproq palaxsa-palaxsa boʻlib koʻchib chiqardi. Ha, ish rosa jadal edi, odamlar tun-u kun gʻayrat qilardi. Nihoyat, moʻljaldagi ish oxiriga yetdi. Bu orada kofirlar ham Madinaga yetib kelishdi. Kelishdi-yu, hang-u mang boʻlib qolishdi. Ha, men ularning yoʻlini kesib qoʻygan edim. Ustimga koʻprik quray deyishsa bir quloch ham yogʻochlari yoʻq. Tuproq bilan toʻldiray deyishsa na choʻkich, na bir qurollari bor. Bunaqa tadbirni dushman xayoliga ham keltirmagan edi! Rosa boshlari qotdi. Oxiri alamlaridan nima qilishni bilmay, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning lashkarlarini uzoqdan kamon oʻqiga tuta boshlashdi. Dushman Rasulullohning Xandaq jangini oʻylab topganlaridan juda taajjubda, mislsiz alamda edi.


Ertasi kuni dushmanning chavandoz bahodirlaridan beshtasi ustimdan ot sakratib oʻtishga muvaffaq boʻldi. Ha, otlari uchqur, abjir edi. Ulardan Amr ibn Abduvvud degani Islom lashkarlariga qarab qichqirdi.


– Ey, menga talabgorlaring bormi? Shunday mard topilsa maydonga chiqsin!
Nimagadir bu kishiga ha deganda talabgor chiqmayotgan edi. Bundan bildimki, Ibn Abduvvud kofirlarning eng kuchli, ishongan bahodirlaridan. U uch bora qichqirgandan keyin maydonda hazrati Ali paydo boʻldilar. U kishi otda emas piyoda edilar. Bir-bir bosib Ibn Abduvvudning roʻparasiga keldilar. Ikkovlari orasida shunday gap-soʻz boʻlib oʻtdi.


– Ey, Ibn Abduvvud, senga uch shartim bor. Albatta, sen ulardan birini qabul qilasan.
– Gapir, ey Ali, qulogʻim senda!
– Iymon keltirib, Islomga kirgin!
– Bu ishni mendan kutma. Hargiz Islomga kirmayman. Ikkinchi shartingni ayt!
– Iymon keltirmasang, urushni bas qilib orqangga qayt! Shunday qilsang, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bashorat qilganlaridek, baxtli kishilardan boʻlasan, urushda ajaling yetmaydi.
– Sening bu sharting xotinlarga kulgu boʻlarlik ishdir. Bu shartni qoʻy, keyingisiga oʻt!
– Unda oʻzingdan koʻr, uchinchi shartim jang!


– Ey, Ali bilib qoʻy, Arab dunyosida bu ish bilan meni hech kim qoʻrqita olmaydi. Jang qilish mening kasbimdir, Muhammadni oʻldirish uchun ont ichganman. Bunga fursat yetdi.


Shunday deb Ibn Abduvvud otidan tushdi, ikki oʻrtada olishuv boshlandi. Ibn Abduvvud birinchi boʻlib hazrati Aliga qilich soldi. Oʻtkir yaroq hazrati Alining dubulgʻalarini kesib, boshlariga andek shikast yetkazdi. Biroq hazrati Ali ham javob zarbini shundoq berdilarki, yaroqlari Ibn Abduvvudning dubulgʻasini kesib, unga yaxshigina shikast yetkazdi. Ikkinchi zarbadan soʻng dushman magʻlub etildi. Bu orada kofirlar sarosimaga tushib qoldilar. Ular eng ishongan bahodirlari, lashkarboshidan ajragan edilar. Ot sakratib oʻtgan qolgan toʻrttasi orqalariga qaramay qochishdi. Ulardan Navfal ibn Abdulloh deganlari ustimdan otini sakrata olmay, yiqildi va hazrati Alining qilichlaridan jon berdi.


Makka kofirlari bu ishdan yomon fol olishdi va ot sakratib oʻtishdan voz kechishdi. Bu orada Allohning qudrati bilan dushmanning ichidan ola chiqib, qoʻshin bir-birlari bilan teskari boʻlib qoldi. Ana shu asnoda Islom qoʻshiniga Allohdan yordam yetdi. Kuchli boʻron qoʻzgʻalib, kofirlarning oziq-ovqatini, oʻtov va chodirlarini, hatto hayvonlarga beriladigan yem-xashaklarigacha uchirib ketdi.


Yana shundoq zim-ziyo tun choʻkdiki, bunaqasi Arab sahrosida ilgari boʻlmagan edi. Odam yonida turgan odamni tanimas edi. Ustiga-ustak qattiq sovuq turib, yoz kunida suvlari muzladi. Dushman askarlari sovuq urgan maysadek boʻlib qoldi. Men dushmanga bu azoblar yetguncha Rasulloh sollallohu alayhi vasallamning Allohga bunday deb iltijo qilganliklariga guvoh boʻlgan edim:


«Ey bor Xudo-yo, barcha paygʻambarga kitob tushiruvchi oʻzingsan! Oxirat kunida hammadan tezlik bilan hisob olguvchidirsan! Qudrating ulugʻdir, bu kelgan koʻpchilik dushmanlarni oʻzing tarqatgin!»


Shundoq boʻldi, orqaga qarab qochish mashqini Makka kofirlarining qoʻmondoni Abu Sufiyonning oʻzi boshlab berdi. Oʻn ming kishilik dushman oʻz-oʻzidan daf boʻldi.


Ana shu voqeadan keyin Islom tarixidagi bu jang mening nomim bilan atalib, «Xandaq urushi» deyiladigan boʻldi.

Erkin bobo
«Hilol» jurnalining 3(48) sonidan

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandBirovga qarz berish sadaqa berishdan afzaldir. Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar.Bir kishining muhtojga qarz berishi sadaqa berishidan o`n sakkiz daraja afzalroqdir,. Ro`za tutish va sadaqa berishni o`ziga nazr qilish xavflidir. Chunki har ikkisini давоми...

25741 11:40 / 30.12.2018
Aziz bolajonlar, albatta, siz ovqatlanish odoblarini yaxshi bilsangiz kerak. Ularga rioya qilish, boshqalarga ham o`rgatish zarur ekanini ham unutmang. Eng asosiysi, bunday odob turlarini bizga Payg`ambarimiz alayhissalom o`rgatganini esda saqlang. Ularga asoslanib yashash savob ekanini doimo yodda давоми...

2814 16:01 / 01.02.2019
8Hokimning xotini Yusufni xiyonatga chorladi. Lekin Yusuf bosh tortdi va Yoq Men xojayinimga xiyonat qilmayman. Albatta u men uchun yaxshilik qildi va meni hurmatladi. Albatta men Allohdan qorqamanrdquo, dedi. Hokimning xotini bundan gazablanib, eriga shikoyat qildi. Hokim ayolining yolgonchi, давоми...

4532 14:00 / 13.04.2019
Aziz bolajonlar Siz, albatta, bobobuvilaringizni, otaonangizni, akaopalaringizni, umuman, yoshi kattalarni hurmat qilish zarur ekanini bilasiz. Bu ishingiz tahsinga loyiq. Bu bilimingizga amal qilish esa ko`plab savob keltiradi.Musulmonlar o`z otaonalariga hurmat ko`rsatish borasida hammaga давоми...

6961 11:00 / 05.02.2019
Аудиолар

121600 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

43067 14:35 / 11.08.2021