1445 йил 11 зулқаъда | 2024 йил 19 май, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Koʻzlar uni idrok qilolmas, U esa koʻzlarni idrok etar!

14:50 / 04.02.2023 1782 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Alloh taolo Bani Isroilni kitobsiz-hidoyatsiz qavmlar kabi adashib-uloqib ketishni istamadi. Ularni koʻr tuyadek tentirab yuradigan ummatlardek boʻlib qolishdan asramoqni iroda etdi. Alloh taolo Muso alayhissalomga poklanib 30 kun roʻza tutishni, soʻngra Tur togʻiga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur togʻida Muso alayhissalomga xitob qilishi va aynan shu yerda unga kitob nozil etishi kerak edi.


Muso alayhissalom qavmidan 70 kishini guvoh boʻlsin deb oʻzi bilan birga olib ketdi. Chunki Bani Isroil oʻjar, hadeb har narsani kavlashtiraveradigan qavm edi.


«Muso akasi Horunga dedi: «Qavmim ustida mening oʻrinbosarim boʻlgin va (agar yomon amal qilsalar) tuzatgin». «Buzgʻunchi kimsalar yoʻliga ergashmagin». Chunki, jamoatga yoʻlboshchi kerak.
Muso alayhissalom Robbilariga nisbatan shavq kuchli boʻlganidan vaʼdalashilgan joy, Tur togʻiga hammadan ilgari yetib keldilar.


Shunda Alloh dedi:
- «Qavmingdan munchalar koʻp ilgarilab ketding, ey Muso!»


U aytdi:
- «Ular ana izimdan kelurlar. Men esa sen rozi boʻlishing uchun shoshdim, Parvardigorim!».
Alloh taolo Muso alayhissalomga ahdlashilgan qirq kunni toʻliq qilishni buyurdi. Muso Tur togʻiga yetib kelgach Parvardigori bilan gaplashdi.


Alloh taolo uni Oʻziga yaqin kishilardan qildi. Bundan toʻlqinlanib ketgan Muso Allohdan jamolini koʻrsatishni soʻradi. Lekin Muso bunga dosh berolmasdi. Zero, «Koʻzlar uni idrok qilolmas, U esa koʻzlarni idrok etar! U mehribon va (har narsadan) ogoh zotdir».


Hatto buyuk togʻlar Alloh jamolini qoʻya turing, Uning kalomini koʻtarishga dosh bera olmaydi: «Agar biz ushbu Qurʼonni biron togʻga nozil qilganimizda albatta siz u (togʻ)ni Allohning qoʻrquvidan egilib, yorilib ketgan holda koʻrgan boʻlur edingiz».

 

  •  
  • - «Sen Meni (bu dunyoda) hargiz koʻrolmaysan. Ammo mana bu toqqa boq (Men unga koʻrinurman). Bas, agar u (Men koʻringanimda) oʻrnashgan joyida tura olsa, sen ham meni koʻrajaksan».

Qachonki, Parvardigori u toqqa koʻringan edi, uni mayda-mayda qilib tashladi va (bu holni koʻrgan) Muso hushsiz holda yiqildi. Oʻziga kelganidan keyin esa dedi:
- «Pok Parvardigor (nooʻrin savol soʻrashdan) Oʻzingga tavba qildim. Endi men (sening naqadar buyuk zot ekanligingga) iymon keltiruvchilarning avvali peshqadamiman». 


Alloh aytdi: 
- «Ey Muso, haqiqatan men seni odamlar ustida Paygʻambarim boʻlishingga va (bevosita) kalomimni eshitishingga tanlab oldim. Bas, senga ato etgan narsamni (yaʼni Paygʻambarlikni) olgin va shukr qilguvchilardan boʻlgin!».


Muso alayhissalom Bani Isroilga zarur boʻlgan batafsil bayon va maʼruzalar bitilgan lavhlarni oldi. Alloh taolo uni quvvat bilan olib, qavmini oʻsha narsalardan eng yaxshilarini olishga amr qilgan edi.


Muso tanlab olgan 70 kishi yoniga qaytib Alloh inʼomi haqida soʻz boshlaganida ular surbetlik bilan shunday dedilar:
- «Ey Muso, Allohni ochiq ravshan koʻrmagunimizcha hargiz senga ishonmaymiz!».
Alloh bu surbetliklaridan gʻazablandi. Shunda ularni qarab turgan hollarida chaqmoq urdi.
Alloh taolo yaratgan chaqmoqni koʻtara olmagan kishilar u zotning nuriga bardosh bera olarmidilar?!


Muso alayhissalom Parvardigoriga iltijo qilib dedi:
- «Parvardigorim, agar xohlasang ularni ham, meni ham ilgari halok qilsang boʻlur edi. Oramizdagi aqlsiz kimsalarning qilmishlari sababli (endi) bizlarni halok qilasanmi?!»
Alloh taolo Paygʻambarining iltijolarini qabul qildi. Ularga qaytadan hayot baxsh etdi. Shoyad endi shukr qilsalar?!


Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Lekin uzoq davom etgan qullik Bani Isroilga o`z ta`sirini o`tkazgan, ularning xulqatvori va hayotdan zavq olish hissini buzgan edi.Bani Isroil bola tabiatli bo`lib qolgandi. Ular hech bir narsada uzoq vaqt tura olmasdilar. Besabr, beqaror kishilarga aylanishgan edi. Shukri kam, nolishi ko`p, давоми...

1005 16:13 / 24.10.2022
8Alloh insonlarga qattiq g`azab qilib, ularni laaposnatladi. Nima uchun Alloh insonlarga g`azab qilib, ularni laaposnatlamasin Ularni shuning uchun yaratganmi Shuning uchun ularga rizq berganmiAllohning yerida yurib, uning ustida Allohga kufr keltiradilarAlloh bergan rizqni yeb, Allohga shirk давоми...

4650 19:30 / 20.10.2019
Маълумки, 1 июнь куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куниrdquo сифатида нишонланади. Ушбу байрам кўпчилик давлатларда Халқаро болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш давоми...

3774 20:25 / 01.06.2020
Ey, farzandRasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.Har bir kishi azon eshitganda shu duoni o`qishi kerak .Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Roziytu billahi robban va bil islami diynan. Va bi muhammadin sallallohu давоми...

13058 17:08 / 18.11.2018
Аудиолар

121599 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

43065 14:35 / 11.08.2021